1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Jahon futboli yulduzlarining sevimli mashg‘ulotlari

Ular orasida baraban chaladiganlari ham bor.

Jahon futboli yulduzlarining sevimli mashg‘ulotlari

 

 

Dunyoga mashhur futbol yulduzlarining to‘p tepishdan boshqa o‘ziga xos sevimli mashg‘ulotlari bor. Quyida bu haqda qiziqarli maʼlumotlarni bilib olishingiz mumkin.

 

Garet Beyl

 

“Real Madrid”ning sobiq futbolchisi golf o‘yini jinnisi hisoblanadi. Hatto, uni do‘stlari Golfer laqabi bilan atashadi. “Real”dagi jamoadoshlari ham uni shunday chaqirishgan.

 

Serxio Ramos

 

Ramosning kolleksiyasida “Benksi”, “Fil Frost”, “Manuel Leon Moreno” asarlari mavjud. U bu sanʼat asarlariga qiziqishini ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan ham bilib olish mumkin.

 

Hektor Bellerin

 

Bellerin jahon futbolida moda olamiga qiziqishi yuqori bo‘lgan o‘yinchilardan biri. U tez-tez moda shoulariga tashrif buyuradi. Hatto futbolchi o‘zining shaxsiy kolleksiyasini yaratgan.

 

Frenk Lempard

 

Lempard bolalar uchun kitob yozishni yaxshi ko‘radi. U bir qator nashrlarning muharrirlari bilan kitoblar ustida ishlaydi.

 

Tomas Myuller

 

Myullerning otxonasi bor. U ko‘plab shaxsiy otlarga egalik qiladi. Hayvonlarni ko‘chirishdagi qiyinchilik tufayli Myuller klubini almashtirish haqida umuman o‘ylamaydi.

 

Petr Chex

 

Chex nafaqat ajoyib darvozabon, balki yaxshi barabanchi ham. Faoliyatining oxirida mashhur barabanchi Rojer Teylor bilan birga baraban chalishga muvaffaq bo‘lgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика