1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreyada ham samolyot halokatga uchradi

Hodisa oqibatida 179 kishi halok bo‘lgan.

Janubiy Koreyada ham samolyot halokatga uchradi

Ichida 175 yo‘lovchi va olti nafar bort xodimi bo‘lgan Jeju Air samolyoti Tailandning Bangkok shahridan qaytayotgan va qo‘nayotgan vaqtda avariyaga uchragan. Yo‘lovchilarning 173 nafari Janubiy Koreya fuqarosi va ikki nafari Tailand fuqarosi bo‘lgan.

 

Samolyot mamlakat janubi-g‘arbidagi Muan xalqaro aeroportida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va qo‘nish yo‘lagi tashqarisidagi to‘siqqa urilib, yonib ketgan.

 

Halokat sabablari hozircha nomaʼlum, biroq mahalliy OAV bunga qushlarning samolyot tizimlariga tushib qolgani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика