1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Japarov Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Majmua Qirg‘iziston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

Japarov Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘ldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

 

Oliy martabali mehmon majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi. Majmua Qirg‘iziston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

 

Qayd etish joiz, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan barpo etilgan ushbu muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика