«Jartepa» bojxona posti orqali fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishiga vaqtinchalik cheklov joriy etildi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida «Jartepa» chegara bojxona postida joylashgan binolarni kapital ta’mirlash va hududda obodonlashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli 2022 yilning 5-16 sentyabr kunlari fuqarolar va transport vositalarining harakatlanishlariga vaqtinchalik cheklov joriy qilinadi.
Mazkur cheklov quyidagi holatlarda tadbiq etilmaydi:
—diplomatik va xalqaro tashkilotlar xodimlariga;
—rasmiy (hukumat) delegasiyalar tarkibiga kiruvchi shaxslarga;
—respublikada investisiya loyihalari doirasida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy tashkilotlar xodimlariga;
—xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarga;
—mamlakatda doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;
—Tojikiston davlatida doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolariga;
—o‘z yurtiga qaytayotgan O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga;
—Tojikistonga ketayotgan uchinchi davlat fuqarolariga.


