1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Javohir Sindorov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shaxmatchisi bo'ldi

Shuningdek, yoshlar va maxsus yo‘nalishlarda ham eng yaxshilar aniqlandi.

Javohir Sindorov O‘zbekistonda yilning eng yaxshi shaxmatchisi bo'ldi

 

10-yanvar kuni O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi tomonidan 2025-yil yakunlari va 2026-yilga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Tadbirda mamlakatda shaxmat tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslar e’lon qilinib, yil davomida eng yuqori natija ko‘rsatgan sportchilar va mutaxassislar taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Federatsiya ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilgi FIDE Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindorov O‘zbekistonda “Yilning eng yaxshi shaxmatchisi” deb topildi. Ayollar o‘rtasida esa O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umida Omonova yilning eng yaxshi ayol shaxmatchisi sifatida e’tirof etildi.

 

Shuningdek, yoshlar va maxsus yo‘nalishlarda ham eng yaxshilar aniqlandi. 12 yoshgacha bo‘lganlar orasida Nurmuhammad Nematillaxonov va Xusnora Xusniddinova, 20 yoshgacha bo‘lganlar orasida Afruza Hamdamova hamda Muhiddin Madaminov g‘olib deb topildi. Para shaxmat yo‘nalishida Marsel Shoyusupov va Selbi Kakisheva eng yaxshilar sifatida taqdirlandi.

 

Bundan tashqari, faxriy shaxmatchi O‘ktam Sheraliyev, eng yaxshi hakam Komiljon Azizov, shaxmat tahlilchisi Ulug‘bek Tillayev va sharhlovchi Anton Kim alohida e’tirof etildi. Tadbir yakunida barcha g‘oliblarning yutuqlari O‘zbekiston shaxmatining nufuzi va kelajagi uchun muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика