1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jennifer Lopez konsertiga bepul avtobuslar yo'lga qo'yildi

Bunyodkor stadioni oldidagi ko'chalar butunlay yopiladi: konsert tugagach avtobuslar fuqarolarni manzilga qaytarib olib keladi.

Jennifer Lopez konsertiga bepul avtobuslar yo'lga qo'yildi

Bugun bo‘lib o‘tadigan Jennifer Lopez konserti munosabati bilan “Toshshahartansxizmat” tomonidan maxsus avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu avtobuslar konsertga borish va undan keyin qaytishda fuqarolarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

 

Avtobuslar quyidagi manzillardan harakatlanadi:

 

  • City Mall savdo-ko‘ngilochar majmuasi oldidan

 

  • Hyatt Regency mehmonxonasi oldidan

 

  • Humo Arena muz saroyi oldidan

 

Avtobuslar soat 16:00 dan boshlab qatnaydi va to‘xtovsiz, bepul harakat qiladi. Transport vositalarining old oynasida “Bunyodkor stadioni” yozuvi bo‘ladi — shu yozuv orqali avtobusni tanib olishingiz mumkin.

 

Konsert yakunlangach, aynan shu avtobuslar orqali fuqarolar o‘z chiqish manzillariga qaytariladi.

 

Jennifer Lopes konsertiga bepul avtobuslar yo'lga qo'yildi

 

Konsert tugagach, ushbu avtobuslar fuqarolarni manzilga qaytarib olib keladi.

 

Bugun bo‘lib o‘tadigan Jennifer Lopez konserti munosabati bilan “Toshshahartansxizmat” tomonidan maxsus avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu avtobuslar konsertga borish va undan keyin qaytishda fuqarolarga bepul xizmat ko‘rsatadi.

 

Avtobuslar quyidagi manzillardan harakatlanadi:

 

  • City Mall savdo-ko‘ngilochar majmuasi oldidan

 

  • Hyatt Regency mehmonxonasi oldidan

 

  • Humo Arena muz saroyi oldidan

 

Avtobuslar soat 16:00 dan boshlab qatnaydi va to‘xtovsiz, bepul harakat qiladi. Transport vositalarining old oynasida “Bunyodkor stadioni” yozuvi bo‘ladi — shu yozuv orqali avtobusni tanib olishingiz mumkin.

 

Konsert yakunlangach, aynan shu avtobuslar orqali fuqarolar o‘z chiqish manzillariga qaytariladi.

 

Ma'lumot uchun, Toshkentda Jennifer Lopez konserti o‘tkazilishi sabab ayrim ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

 

7-avgust kuni soat 12:00 dan 23:00 ga quyidagi ko‘chalarda avtotransport vositalari harakati to’liq cheklanadi:

 

  • Cho‘ponota—Qatortol koʼchalari chorrahasidan Cho‘ponota ko‘chasi bo’ylab, Cho‘ponota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

 

  • Chilonzor—Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan Chilonzor ko‘chasi bo’ylab, Chilonzor—KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;

 

  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика