Jizzax viloyatida inson o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Kun.uz manbasining xabar berishicha, voqea 17 dekabr kuni soat 03:20 atrofida Sharof Rashidov tumani Sayhon mahallasi hududidan o‘tuvchi “Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lida yuz bergan.
Maʼlum qilinishicha, Samarqanddan Toshkent shahriga dori-darmon mahsulotlarini olib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobili bir yo‘nalishda harakatlanib borayotgan Howo yuk mashinasining tirkamasiga borib urilgan. HodisagaIsuzu haydovchisining boshqaruv vaqtida uxlab qolishi sabab bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Isuzu haydovchisi — 1996 yilda tug‘ilgan Sh.M. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.


