«Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra chempioni, jahonning birinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Novak Jokovich Fransiya ochiq chempionatining chorak finalidagi imkoniyatlari haqida gapirdi.
“Men mazkur bahsga tayyorman. O‘zimga bo‘lgan ishonchim yuqori darajada. Bellashuvda kerak bo‘lgan barcha jihatlarga eʼtibor qarataman. Meni ko‘proq raqibimning imkoniyatlari qiziqtirmoqd», - deya Novak Jokovichning so‘zlaridan ATP matbuot xizmati iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Jokovichning bu bosqichdagi raqibi ATP reytingining sobiq yetakchisi, turnirning to‘rtinchi raundida kanadalik Feliks Auger-Aliassimeni mag‘lub etgan ispaniyalik Rafael Nadal bo‘ladi.


