1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Jonson Yelizaveta II bilan so‘nggi uchrashuvini esladi

Marhum qirolicha sobiq bosh vazirni hayratlantirgan.

Jonson Yelizaveta II bilan so‘nggi uchrashuvini esladi

 

Marhum qirolicha Yelizaveta II so‘nggi kunlarda maksimal darajada siyosatga eʼtibor qaratgandi. Bu haqda Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson maʼlum qildi.

 

“U geosiyosatga, Buyuk Britaniya siyosatiga faol eʼtibor qaratgandi, 1950 yillardagi davlat arboblaridan iqtibos keltirayotgandi, bu o‘ta noodatiy edi. Va u juda yorqin bo‘lib ko‘ringandi”, – degan u BBC‘ga bergan intervyusida.

 

Jonson o‘tgan seshanbada qirolichaning Balmoral saroyida isteʼfo bergandi. Shundan keyin Yelizaveta II yangi bosh vazir Liz Trassni qabul qilgan.

 

Bu qirolichaning butun faoliyati davomida yangi hukumat rahbarining ilk qabuli Bukingem saroyida o‘tkazilmagan yagona holat hisoblanadi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Qirolicha Yelizaveta Ikkinchi vafoti munosabati bilan taʼziya bildirgandi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика