1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jurnalistga bosim o‘tkazgan ichki ishlar xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

Toshkent shahrida murojaatni o‘rganish uchun borgan jurnalistni ichki ishlar xodimi olib ketgani va maʼmuriy javobgarlikka tortgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Jurnalistga bosim o‘tkazgan ichki ishlar xodimiga xizmat tekshiruvi tayinlandi

 

Toshkent shahrida murojaatni o‘rganish uchun borgan jurnalistni ichki ishlar xodimi olib ketgani va maʼmuriy javobgarlikka tortgani haqida xabar tarqaldi. Bosh prokuratura mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot berdi

 

Xabarga ko‘ra, Bosh prokuratura tomonidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Nuz.uz internet sayti muxbiri Mixail Dovlatov bilan bog‘liq holatga huquqiy baho berish haqidagi so‘rov xati ijro uchun qabul qilingan.

 

Aniqlanishicha, sudning qaroriga muvofiq, "Novosti Uzbekistana” internet-nashri muxbiri Mixail Dovlatovning harakatida maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari yo‘qligi sababli, unga nisbatan yuritilgan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish tugatilib, jurnalistning buzilgan huquqi tiklandi.

 

Jurnalist bilan bog‘liq holatga aloqador shaxslarning harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика