O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Kinematografiya agentligi, Respublika “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, Badiiy akademiya, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligiga bag‘ishlangan “ENG ULUG‘, ENG AZIZ” anʼanaviy respublika ko‘rik-tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovga “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlar va materiallar qabul qilinadi.
“ENG ULUG‘, ENG AZIZ” tanlovi quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:
– bosma OAV xodimlarining eng yaxshi jurnalistik ishlari;
– televideniye va radio ijodkorlarining eng yaxshi materiallari;
– internet jurnalistikasi;
– publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun;
– yozuvchi va shoirlarning eng yaxshi badiiy asarlari;
– tasviriy sanʼat, foto va dizayn ishlari;
– kino sanʼati asarlari.
Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlarga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi lozim:
– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risidagi qisqacha maʼlumot (obyektivka);
– muallifning pasport yoki ID-karta nusxasi, telefon raqami.
Jamoaviy ishtirok etuvchi OAVning ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxasi va tashkilot rahbarining pasport yoki ID-karta nusxasi.
Tanlovda har bir ishtirokchining 2024 yil 1 avgustdan 2025 yil 1 avgustgacha bosma va internet nashrlarida eʼlon qilingan, radio va televideniyeda efirga uzatilgan 5 tadan 7 tagacha materiallari joriy yilning 15 avgust kunigacha qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yillik bayrami arafasida mukofotlanadi va ularning ro‘yxati matbuotda eʼlon qilinadi.
Bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari hamda internet jurnalistikasi bo‘yicha ijodiy ishlar “Eng ulug‘, eng aziz” tanloviga deb ko‘rsatilgan holda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining (99 466-10-25) raqamiga ochilgan (O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi) Telegramiga yuboriladi.


