1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kichik Donald prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkin

Donald Trampning o‘g‘li 2028-yilgi saylovlarda ishtirok etishi kutilmoqda.

Kichik Donald prezidentlikka nomzod bo‘lishi mumkin

 

Donald Trampning o‘g‘li 2028-yilgi prezidentlik saylovida nomzod bo‘lishi mumkin.

 

AQSh prezidenti Donald Trampning to‘ng‘ich o‘g‘li — kichik Donald Tramp 2028-yilgi prezidentlik saylovlarida Respublika partiyasi nomidan ishtirok etishi mumkin. Bu haqda AQShning nufuzli The Hill nashri xabar bermoqda.

 

Nashrning yozishicha, kichik Tramp yaqinda bergan intervyusida otasi Oq uydan ketgach, o‘zi saylovlarda qatnashishni istisno qilmasligini bildirgan. Bu bayonot uni ehtimoliy nomzodlar safida ko‘rsatmoqda.

 

2028-yilgi prezidentlik saylovida nomzod sifatida ko‘rilayotgan boshqa yetakchi nomzodlar orasida quyidagilar bor:

  • JD Vens — amaldagi vitse-prezident,
  • Marko Rubio — AQSh davlat kotibi,
  • Kristi Noem — Milliy xavfsizlik vaziri,
  • Ron DeSantis (Florida), Glenn Youngkin (Virjiniya) va Brayan Kemp (Jorjiya) — gubernatorlar.

 

Respublikachilar partiyasida kuchli raqobat kutilmoqda. Kichik Trampning siyosiy sahnaga kirib kelishi ushbu poygaga alohida e’tibor qaratilishiga sabab bo‘lmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика