1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“King Long” avtobuslari shinalarining texnik holati talab darajasidami?

“Toshshahartransxizmat” ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarga munosabat bildirdi.

“King Long” avtobuslari shinalarining texnik holati talab darajasidami?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “King Long” rusumli avtobuslarning avtoshinalari texnik holati talab darajasida emasligi aks etgan videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ rasmiy tushuntirish berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydan xarid qilingan “King Long” va “Yutong” rusumli avtobus hamda elektrobuslar bir vaqtda foydalanishga topshirilgani sababli, har yili kuz-qish mavsumida ulardagi avtoshinalarni ommaviy almashtirish zarurati yuzaga keladi. Bu jarayon texnik reglamentlarga muvofiq amalga oshiriladi.

 

Shuningdek, avtoshinalarga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qoplash maqsadida ularni reja asosida yangilash ishlari joriy yilning yoz mavsumidan boshlab olib borilayotgani qayd etildi. Hozirda shinalarni bosqichma-bosqich xarid qilish va almashtirish choralari ko‘rilmoqda hamda mazkur masala “Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика