1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi

 

17-noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekiston – Turkmaniston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash zarurligini ta’kidladi.

 

So‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar ijobiy sur’atlarda davom etmoqda. Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari, shuningdek madaniy tadbirlar muntazam o‘tkazilib kelmoqda. Tashrif arafasida Urganch va Toshkent shaharlarida o‘tkazilgan Turkmaniston madaniyati kunlari hamda filmlari namoyishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

Savdo va iqtisodiy aloqalar ham faol rivojlanmoqda. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi 1 milliard dollardan oshdi, yuk tashish hajmi ortib bormoqda va Turkmanboshi portidan foydalanish faoliyati kuchaydi. Muzokaralarda o‘zaro savdoni oshirish hamda sanoat, energetika, transport, mashinasozlik, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida samarali kooperatsiyani kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Hududlararo almashinuvlarni rivojlantirish ham muhimligi ta’kidlandi. Shu munosabat bilan Xiva shahrida uchinchi Hududlar forumini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика