Ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Majlis avvalida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov kirish so‘zida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yish masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda O‘zA muxbiri xabar bermoqda.
"Barchamizga maʼlum, shu kunlarda mamlakatimiz hayotida juda katta muhim siyosiy voqea ro‘y bermoqda. Yaʼni, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi ko‘rib chiqildi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo‘yish masalasi shu yil 9-10 mart kunlari palatamiz tomonidan muhokama qilinib, referendum tayinlandi. Konstitutsiyaviy sud tomonidan palatamiz qarori ko‘rib chiqilib, Konstitutsiyaga muvofiq deb topildi. Kuni kecha Senat tomonidan ham ushbu masala ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilindi. Endilikda deputatlarimiz joylarda, o‘z saylov okruglarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borishadi, — dedi Spiker.


