1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Kreml yadroviy qurol ishlatishga tayyorlanyaptimi?

AQSH Rossiyaning yadro qurolidan foydalanish tahdidini baholadi.

Kreml yadroviy qurol ishlatishga tayyorlanyaptimi?

 

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaning Ukrainaga qarshi yadroviy qurol ishlatishga tayyorlanayotganidan hech qanday alomat ko‘rmayapti. Bu haqda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Belarusga yadro quroli berilishi haqidagi bayonoti fonida aytib o‘tdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington ham o‘zining mudofaa pozitsiyasini o‘zgartirishga hojat yo‘q.

 

“Bizda o‘z yadroviy holatimizni to‘g‘rilash uchun hech qanday sabab yo‘q. Chunki Rossiya yadro qurolidan foydalanishga tayyorlanayotgani bo‘yicha hech qanday alomat ko‘rmayapmiz”, — degan Blinken.

 

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, AQSH NATO hududining har bir qarichini himoya qilish g‘oyasiga sodiq qoladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика