
«Messi «Barselonada»gi hamma narsaga soya solgan. U jamoaning o‘yin sifati va samaradorligiga taʼsir o‘tkazgan. Lionelning atrofida har doim yaxshi o‘yinchilar bo‘lgan va u ular orasida hal qiluvchi o‘ringa ega bo‘lgan. Qolgan barcha futbolchi uning fonida qolib ketgan. Bu tanqid emas, kuzatuv. «Barselona»ga o‘tishimdan oldin Messining o‘yini menga doimo zavq bag‘ishlagan».
Eslatib o‘tamiz, 10 avgust kuni Messi «PSJ» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Undan oldin, 5 avgust kuni «Barselona» Messi bilan shartnomani uzaytirmasligini eʼlon qilgandi. Bunga Ispaniya chempionati reglamentida ko‘rsatilgan moliyaviy to‘siqlar sabab bo‘lgan.
Avvalroq, «Barselona» klubi Rodrigoni sotib olmoqchi ekanligi haqida xabar bergan edik.
Jamshidbek Amirov


