
Kataloniyaning “Barselona” klubi 30 yoshli hujumchiga qiziqish bildirgan.
Tomonlar o‘rtasida muzokara ishlari olib borilgan, biroq nomaʼlum sabablarga ko‘ra transfer amalga oshmay qolgan.
Maʼlumot uchun, Rodrigo «Tumanli Albion»ga o‘tishidan avval Ispaniyanig “Valensiya” klubi sharafini himoya qilgan.
Angliya chempionatining yangi mavsumida hujumchi 3 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta sariq kartochka oldi. Hozircha u gol urishga muvaffaq bo‘lgani yo‘q.
Uning “Lids” klubi bilan shartnomasi 2024 yilga qadar amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Agureoning “Barsa”dagi faoliyati haqida xabar bergan edik.
Maqsadjon Obidjonov


