1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Lukashenko Qizil maydondagi paradga qo‘li bog‘langan holda keldi

U Moskvada prezidentlar uchun tashkil etilgan nonushtada ham bo‘lmagani aytildi.

Lukashenko Qizil maydondagi paradga qo‘li bog‘langan holda keldi

 

Moskvadagi nonushtani o‘tkazib yubordi va paraddan ko‘p o‘tmay Minskga qaytdi. Jurnalistlar uning sog‘lig‘ida muammolar borligini aytishmoqda

 

Belarus jurnalistlari Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan birga "Nomaʼlum askar" qabriga gul qo‘yishga bormagani haqida yozishdi. OAVlarning yozishicha, Lukashenko u yerga xavfsizlik xizmati elektromobilida olib ketilgan.

 

Baʼzi nashrlarning qayd etishicha, parad paytida Lukashenkoning qo‘lida tibbiyot bog‘ichi bo‘lgan. Bundan tashqari, Lukashenko Moskvaga tashrif buyurgan davlat rahbarlarining norasmiy nonushtasida ham ishtirok etmadi. Rossiya ham, Belarus ham Lukashenkoning tadbirga kelmaganiga rasman izoh bermadi.

 

Belaruslik siyosatshunos Dmitriy Bolkunes "Lukashenko sog‘lig‘i sababli nonushtaga kela olmadi va Moskvani tark etdi", deb yozdi. Siyosatshunosga ko‘ra, Lukashenko aeroportga tez yordam mashinasida olib kelingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика