"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe fransuz klubini tark etib, "Real"ga o‘tish ehtimoli yuqori.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Santyago Bernabeu” stadionidagi savdo nuqtalarida sotilayotgan Fransiya terma jamoasi futbolchisi surati tushirilgan Madrid jamoasi sharflari suratlari chop etildi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq 25 yoshli Kilian Mbappe "Real" bilan shartnomaning yakuniy tafsilotlari bo'yicha kelishib olgani haqida xabar berilgandi. Shartnoma 2024-yil 1-iyuldan kuchga kiradi. Madrid jamoasi Mbappe bilan shartnoma imzolashni yaqin haftalarda yakunlamoqchi, biroq uning transferini faqat mavsum tugaganidan keyin e'lon qiladi.
Mbappe 2017-yildan beri "PSJ"da o'ynab kelmoqda. 25 yoshli futbolchi parijliklar bilan 13 ta sovrin yutgan. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 32 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


