Madridning “Real” klubi Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andriy Lunin bilan shartnomani uzaytirmoqchi va uni yana ijaraga olmoqchi. Bu haqda “Marsa” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ispan klubi ukrainalik futbolchi boshqa jamoada yaxshi mavsum o‘tkazib, bir yillik shartnoma bilan qaytishi mumkinligini oldini olmoqchi.
Oldinroq "Vest Xem" ukrainalik futbolchini to‘liq sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi ekanligi xabar qilingandi. Lunin "Vest Xem"ning 37 yoshli asosiy darvozaboni Lukash Fabianskiyning o‘rnini egallashi mumkin.
Joriy mavsumda 23 yoshli Andrey Lunin "Real Madrid" uchun barcha musobaqalarda to‘rtta o‘yin o‘tkazgan va o‘z darvozasidan to‘rtta gol o‘tkazib yuborgan. Transfermarkt internet portali "Real Madrid"ning ukrainalik darvozabonining bozor narxini 2 million yevroga baholamoqda.


