1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Magadanda ayiq 4 kishiga hujum qildi

Yirtqich jasadni butalar orasiga yashirgan.

Magadanda ayiq 4 kishiga hujum qildi

 

Rossiyaning Magadan shahrida ayiq hujumi izlari bo‘lgan odamning jasadi topildi. Yirtqichning yana uch nafar qurboni shifoxonada, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi. 

 

Barcha holatlar shaharning xususiy sektori hududida sodir bo‘lgan. Maʼlum qilinishicha, ayiq jasadni butalar orasiga yashirib qo‘ygan va uni izlab kelganlarga hujum qilgan. Yirtqichni qidirish ishlari hozirda termal tasvirlar yordamida kechayu kunduz amalga oshirilmoqda. Fuqarolarning xavfli hududga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun voqea joyi o‘rab olingan.

 

Ilgari ayiqlar Magadandagi yozgi uylarni bir necha bor vayron qilgan va itlarga hujum qilgan. Viloyat Tabiat va ekologiya vazirligi boshlig‘i Oleg Kosolapovning taʼkidlashicha, endi o‘rmon-tundra va taygada hayvonlar uchun ozuqa kamayib bormoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика