Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning Ukrainaga qo‘shin yuborish haqidagi bayonoti xalqaro xavfsizlik nuqtayi nazaridan jiddiy tashvish uyg‘otmoqda.
Xabarlarga ko‘ra, “Rise, France” partiyasi yetakchisi Nikola Dyupon-Aignan o‘zining “X” ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Makronning bunday tashabbusini “Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin bo‘lgan beparvo provokatsiya” deya baholadi.
Uning qayd etishicha, Fransiya prezidenti mamlakatning o‘nlab milliard yevro mablag‘ini “cheksiz mojaro”ga sarflash niyati bilan nafaqat Fransiyaning, balki butun dunyoning tinchligi uchun xavf tug‘dirmoqda.
4-sentabr kuni Parijda bo‘lib o‘tgan “Irodalar koalitsiyasi” yig‘ilishidan so‘ng Makron 26 davlat bilan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari taqdim etish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qilgan. Bu tashabbusga quruqlik, dengiz va havo kuchlarini jalb etish rejalari ham kiradi.


