1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Makron va Putin o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Davlat rahbarlari Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilishdi.

Makron va Putin o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

 

Fransiya tomonining tashabbusi bilan Rossiya prezidenti Vladimir Putin fransuz hamkasbi Emmanuel Makron bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati. 

 

"Ukraina atrofidagi vaziyat va Rossiya Federatsiyasi xavfsizligining uzoq muddatli huquqiy kafolatlarini ishlab chiqish bo‘yicha Rossiya tashabbusi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mazmunli muloqot davom etdi. Davlat rahbarlari ishlarning hozirgi holatiga, jumladan, yaqinda bo‘lgan aloqalarni hisobga olgan holda o‘zaro baho berishdi.”, — deyiladi bayonotda.

 

Kreml matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Putin Makronning eʼtiborini "Kiyev rahbariyatining Minsk kelishuvlariga zid keladigan provokatsion bayonotlari va harakatlariga" qaratgan. Bundan tashqari, tomonlar shaxsiy aloqalar haqida kelishib oldilar, deya qo‘shimcha qildi Kreml.

 

Putin va Makron o‘rtasidagi bu telefon suhbati oxirgi haftadagi uchinchisi bo‘ldi. Bungacha Rossiya va Fransiya prezidentlari 28 va 31 yanvar kunlari bir-birlariga qo‘ng‘iroq qilishgan.

 

G‘arb davlatlari Rossiya qo‘shinlarining Ukraina chegarasi yaqinida harakatlanishidan xavotirda. Ularning fikricha, Rossiya bu davlatga bostirib kirishni rejalashtirayotgan bo‘lishi mumkin. Rossiya, o‘z navbatida, hech qanday bosqinni rejalashtirmaganligini bir necha bor taʼkidlagan.

 

Avvalroq AQSH zarur bo‘lsa amerikalik harbiylarni Ukrainaga yuborishi xabar qilingandi.

 

Nasiba To‘xtayeva 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика