Hukumatning 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qaroriga muvofiq, 2025-2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Boshlang‘ich 1-4-sinflar uchun ta’til esa 27-dekabr, shanba kunidan boshlanishi belgilangan.
Ta’til davomiyligi 14 kunni tashkil etib, 2026-yil 10-yanvarga qadar davom etadi. Shu davr mobaynida maktablar o‘quvchilari dam olishadi.
2026-yil 11-yanvar yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, III chorak darslari 12-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.
O‘qituvchilar va ota-onalar maktablar ta’til jadvaliga muvofiq reja tuzib, bolalarning ta’til davomida xavfsizligi va faol dam olishini ta’minlashlari tavsiya etiladi.


