“Manchester Yunayted” “Barselona” yarim himoyachisi Frenki de Yong uchun yangi taklif bilan chiqdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ingliz klubi futbolchi uchun 60 million yevro va 20 million yevrolik bonus taklif qilgan. “Barselona” esa taklifni ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, “Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag hamyurti bilan gaplashgani takidlangan. U de Yongni
“Manchester Yunayted”ga o‘tishga ko‘ndirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Frenki de Yong 2019 yilda “Barselona” futbolchisiga aylangandi. Yarim himoyachi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


