1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Markaziy Osiyo “Gazprom” uchun asosiy yangi bozorga aylanmoqda

Rossiya kompaniyasi Yevropa uchun mo‘ljallangan gazni Markaziy Osiyo davlatlariga yo‘naltirmoqda.

Markaziy Osiyo “Gazprom” uchun asosiy yangi bozorga aylanmoqda

 

Kelgusi besh yil ichida “Gazprom”ning Markaziy Osiyo mamlakatlariga gaz yetkazib berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa oshishi kutilmoqda. Avval Yevropa bozoriga mo‘ljallangan tabiiy gaz endilikda yangi yo‘nalishlar, xususan, Markaziy Osiyo tomon burilmoqda. Bu haqida “Vedomosti” nashri “Gazprombank” ning Iqtisodiy prognozlash markazi (SEP) maʼlumotlariga tayanib xabar bermoqda.

 

Prognozlarga ko‘ra, 2030-yilga borib “Gazprom”ning O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga umumiy eksporti 19–20 milliard kub metrni tashkil etadi. Bu hozirgi ko‘rsatkichlardan qariyb 2 baravar yuqori. Tahlillarda bu hudud Rossiya gazining muhim iste’molchisiga aylanayotgani ta’kidlanmoqda.

 

Asosiy o‘sish O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi. Mamlakat gaz importini 3 milliard kub metrdan 12 milliard kub metrgacha oshirishi kutilmoqda. Bunga ichki gaz qazib olish hajmining izchil kamayib borayotgani asosiy sabab sifatida ko‘rsatilmoqda. Shu tariqa, Markaziy Osiyo “Gazprom” uchun strategik ahamiyatga ega yangi bozor sifatida shakllanmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика