Marokash Ichki ishlar vazirligining so‘nggi maʼlumotlariga ko‘ra, 2012 kishi zilzila qurboni bo‘lgan. 2059 kishi jabrlandi, ulardan 1404 nafarining ahvoli og‘ir.
Eslatib o‘tamiz, kecha kechqurun Marokash janubida, Marrakeshdan 70 km uzoqlikda 6,8 magnitudali zilzila yuz berdi. 19 daqiqadan so‘ng 4,9 magnitudali yana biri kuzatildi.
Marokash Geofizika markazi Atlas tog‘lari hududida 7,2 magnitudali zilzila sodir bo‘lganini maʼlum qildi. AQSH Geologiya xizmati zilzila kuchini 6,8 magnitudaga baholadi va u nisbatan sayoz 18,5 km chuqurlikda sodir bo‘lganini aytdi.
Zilzila sodir bo‘lgan tog‘li hudud Marrakeshdan 70 km janubi-g‘arbda joylashgan. Zilzila mahalliy vaqt bilan soat 23:00 dan keyin boshlangan. Sohil bo‘yidagi Rabat, Kasablanka va Essauira shaharlarida ham sezildi.
Reuters agentligining Marrakesh aholisiga tayanib xabar berishicha, YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan eski shaharida bir nechta bino qulab tushgan. Mahalliy televideniye masjidning qulagan minorasi tasvirini ko‘rsatdi.


