1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Marselo faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirmoqchi

Futbolchiga Xitoy hamda Birlashgan Arab Amirliklaridan takliflar bo‘lmoqda.

Marselo faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirmoqchi

 

 

“Real Madrid”ning braziliyalik himoyachisi Marselo faoliyatini Turkiyada davom ettirmoqchi. Bu haqda deb “Marca” nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, braziliyalik himoyachiga Xitoy, Birlashgan Arab Amirliklari va Turkiyadan takliflar bor. Futbolchi esa faoliyatini Turkiyada davom ettirishga ahd qilgan.

 

Marseloning klub bilan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi. Marselo “Real”da 2007 yildan buyon to‘p suradi. Bu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 545 ta o‘yin o‘tkazib, 38 ta gol urgan va 103 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Klub bilan olti marta Ispaniya chempionati, besh marta Ispaniya Superkubogi va besh marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2021/2022 yilgi mavsum Chempionlar ligasi finalida “Real Madrid” “Liverpul”ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Bu “Real Madrid”ning Chempionlar ligasidagi 14-g‘alabasi bo‘ldi.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика