1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Matbuot uyi” sotilmaydi

“Matbuot uyi”ning sotuvga qo‘yilishi jurnalistlar orasida salbiy kutib olingan va bir qancha tanqidiy chiqishlariga sabab bo‘ldi.

“Matbuot uyi” sotilmaydi

 

Bugun Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov bir guruh bosma matbuot nashrlari bosh muharrirlari bilan uchrashdi. 

 

Unda bosma matbuot — gazeta va jurnallar faoliyatiga oid muammolar, yangi takliflar muhokama qilindi.

 

Sherzod Asadov “Matbuot uyi” nomi bilan mashhur bo‘lgan va hozirda sotuvga qo‘yilgan bino uzil-kesil sotuvdan olingani hamda bino kelgusida ommaviy axborot vositalari, jumladan bosma nashrlarga qoldirilishini maʼlum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masala Prezident tomonidan nazoratga olingan va ushbu bino zamonaviy talablar asosida qayta quriladi hamda ommaviy axborot vositalari, shuningdek Jurnalistlar uyushmasi foydalanishi uchun topshiriladi.

 

Shu bilan birga, OAVlar, bosma nashrlar hamda Jurnalistlar uyushmasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maxsus qaror loyihalari tayyorlanayotgani ham ochiqlandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi Matbuot uyi sotilishi aniq bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика