1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zining sobiq rafiqasini 5000 AQSH dollarga baholagan er qo‘lga olindi

Ushbu fuqaro internet imkoniyatlaridan foydalanib, sobiq xotinini sharmanda qilishini aytgan.

O‘zining sobiq rafiqasini 5000 AQSH dollarga baholagan er qo‘lga olindi

 

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i nomiga 23 yoshli B.M. ariza bilan murojaat qilib, unda sobiq turmush o‘rtog‘i 24 yoshli Y.F. uning shaxsiga oid maʼlumotlarni va uning ekspertiza hujjatlarini o‘qish va ish joyi hamda boshqa shaxsiy maʼlumotlarini  ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborish bilan qo‘rqitib, buning evaziga 5000 AQSH dollar pul mablag‘larini talab qilib kelayotganligini maʼlum qilgan.

 

O‘tkazilgan reydda Y.F. Qarshi shahridagi “Yashil bozor” savdo do‘koni yonida fuqaro B.M.,dan talab qilgan 5000 AQSH dollaridan maxsus kimyoviy ishlov berilgan 2500 AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlanib, pul mablag‘lari ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

 

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Y.F.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

 

Tergov  yakuniga ko‘ra,  fuqaroning xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi ko‘zda tutilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda “shantaj” qilib, sevgilisidan pul undirmoqchi bo‘lgan yigitning rejasi chipakka chiqqani hamda ishqiy munosabatning oshkor etilishi 22 ming AQSH dollarga baholanganlar taqdiri haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика