1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Tamaki qutilaridan chetga olib ketilayotgan dollar topildi

Bojxona qo‘mitasi qutilardagi pullar miqdorini ochiqladi.

Tamaki qutilaridan chetga olib ketilayotgan dollar topildi

 

Toshkent xalqaro aeroportida AQSH valyutasi va Rossiya rublini tamaki qutilariga solib, xorijga olib ketayotgan shaxs ushlandi.

 

Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, xorijga chiqib ketayotgan shaxsning yuklari orasidagi tamaki qutilarida bojxona xodimlariga maʼlum qilinmagan va deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, olib chiqish meʼyoridan ortiq bo‘lgan umumiy qiymati 465 million so‘m ekvivalentidagi naqd xorijiy valyutalar yaʼni 27 300 AQSH dollari va 1 million 800 ming Rossiya rubli borligi aniqlandi.

 

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика