1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi tarafdori qo‘lga olindi

Ushbu shaxs jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida Suriyaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan va O‘zbekistonga olib kelingan.

“Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi tarafdori qo‘lga olindi

 

 U 1987 yil Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan “J.X.” 2016-2021 yillarda mehnat migranti sifatida Rossiya Federatsiyasining Krasnodar o‘lkasida ishlagan davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali Suriya davlati hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik guruhi aʼzolari bilan muloqotga kirishgan.

 Ularning taʼsiriga tushib qoladi.

Natijada “J.X.” ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini o‘zining yaqin tanishlari orasida targ‘ib qila boshlaydi.

 

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan 27 kishi qo‘lga olingani hamda shu viloyatning Zangiota tumanida ekstremistik faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan yana bir guruh ushlangani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика