1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Mbappe auksionda Pelening portretini sotib oldi

U 520 ming yevroga baholangan.

Mbappe auksionda Pelening portretini sotib oldi

 

Kilian Mbappe yarim million yevrodan ortiqroqqa Pelening portretini sotib oldi. 16-may kuni "PSJ" futbolchilari Artcurial tomonidan tashkil etilgan xayriya auksionida ishtirok etishdi.

 

2023-yilda ko‘cha rassomi Hopare tomonidan 200x150 sm o‘lchamda chizilgan "Qirol" nomli kartina kimoshdi savdosida 5 ming yevro boshlang‘ich narx bilan qo‘yildi.

 

Dastlab unga 6 kishi da’vogarlik qildi. Narx 300 ming yevroga chiqqanidan keyin Mbappe va himoyachi Ashraf Hakimi kurashni davom ettirishdi. Kilian jamoadoshidan yuqori narx aytib, 520 ming yevro to‘ladi. Bu — oqshomning eng katta xaridi. Xayriya tadbiri jami 2,7 mln yevro yig‘di.

 

Ta’kidlash kerakki, kartina bir yil avval ham xuddi shunday kimoshdi savdosiga qo‘yilgan va hatto sotilgan, biroq uning natijalari parijliklar darvozaboni Serxio Rikoning otdan yiqilib tushishi natijasida olgan jiddiy jarohati tufayli bekor qilingandi

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика