Fransiya chempionati 25-turidan o‘rin olgan “PSJ” — “Marsel” o‘yinida Mbappe ikkita gol urib klub safida gollari sonini 200 taga yetkazib oldi. Bu haqda parijliklar matbuot xizmati xabar berdi. Fransiyalik futbolchi shu tariqa “PSJ”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Edinson Kavaniga yetib oldi.
“Marsel” bilan o‘yinda g‘alaba qozongan parijliklar turnir jadvalida eng yaqin taqibchisi bilan ochkolar farqini sakkiztaga yetkazib oldi.


