1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

MDH davlatlari noqonuniy migratsiyaga qarshi hamkorlikni kuchaytirmoqda

Dushanbeda MDH mamlakatlari bosh prokurorlari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik bitimini imzoladi.

MDH davlatlari noqonuniy migratsiyaga qarshi hamkorlikni kuchaytirmoqda

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga (MDH) a’zo davlatlar bosh prokurorlari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bu haqda Rossiya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Bu hujjat MDH mamlakatlari bosh prokurorlari o‘rtasida so‘nggi 15 yil ichida imzolangan ilk ko‘p tomonlama kelishuv sifatida e’tirof etilmoqda. Mazkur tashabbus migratsiya oqimlarini nazorat qilish, transmilliy jinoyatchilik va terrorchilikka qarshi kurashda prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

 

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, noqonuniy migratsiya nafaqat milliy xavfsizlik, balki jamoat tartibi va iqtisodiy barqarorlik uchun ham jiddiy tahdid tug‘dirmoqda. Shuningdek, bu jarayon ekstremistik tashkilotlar va uyushgan jinoyatchilik faoliyatini kengaytirish xavfini oshirayotgani qayd etildi.

 

Dushanbedagi majlisda Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Rossiya bosh prokurorlari, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Turkmaniston bosh prokurorlari o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

 

MDH mamlakatlari Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi — 36-majlisi Qozon shahrida (Rossiya Federatsiyasi) bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика