1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Meksikada “Z avlodi” namoyishlari avj oldi: 100 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi

Namoyishlar ijtimoiy tarmoqlar orqali uyushtirilgan bo‘lib, ishtirokchilar mamlakatdagi jinoyatchilik, korrupsiya va narkokartellarning kuchayib borayotgan faoliyatidan norozi ekanini bildirmoqda.

Meksikada “Z avlodi” namoyishlari avj oldi: 100 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi

 

Meksika poytaxti Meksiko shahrida minglab yoshlar Prezident Klaubiya Sheynbaum qarorgohi oldida norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda The Washington Post va Reuters axborot agentliklari xabar bermoqda.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishchilar Milliy saroyga bostirib kirishga urinib, xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvga kirishgan. Jarayon davomida politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘llagan. Mahalliy OAVning xabar berishicha, to‘qnashuvlarda kamida 120 kishi jarohat olgan, shulardan 100 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridir.

 

Politsiya 20 nafar namoyishchini qo‘lga olgan, yana 20 kishi ma’muriy huquqbuzarlikda ayblanmoqda.

 

Namoyishlar ijtimoiy tarmoqlar orqali uyushtirilgan bo‘lib, ishtirokchilar mamlakatdagi jinoyatchilik, korrupsiya va narkokartellarning kuchayib borayotgan faoliyatidan norozi ekanini bildirmoqda. Noroziliklar, xususan, noyabr oyida Uruapan shahri meri Karlos Manso festival davomida otib o‘ldirilganidan keyin keskinlashgan.

 

Meksika prezidenti Klaubiya Sheynbaumning so‘zlariga ko‘ra, aksiyalar “o‘ng qanot siyosatchilar va ayrim biznes doiralari tomonidan moliyalashtirilayotgan bo‘lishi mumkin”.

 

So‘nggi oylarda Marokash, Madagaskar, Peru va Nepalda ham yoshlar tomonidan turli shakldagi ommaviy norozilik namoyishlari kuzatilgan. Bunday aksiyalar asosan ijtimoiy tarmoqlar orqali tezkor tarzda tashkil etilayotgani qayd etilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика