1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“Men bu sirkning bir qismi bo‘lishni istamadim”

Sherzod Igamberdiyev nega jamoadan ketganini aytdi.

“Men bu sirkning bir qismi bo‘lishni istamadim”

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) terma jamoalar bo‘limining sobiq rahbari Sherzod Igamberdiyev o‘zining Instagram sahifasida jamoani tark etishi yuzasidan bayonot berdi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qarorni qabul qilish oson bo‘lmagan.

 

“Men uchun jamoani tark etish juda og‘ir va alamli bo‘ldi. Biroq bunday vaziyatda qolish mumkin emas edi. Biz uzoq yo‘lni bosib o‘tdik va yaxshiroq munosabatga loyiq edik”, — deb yozdi Igamberdiyev.

 

U, shuningdek, jim turib mukofotlar, xorij safarlari va suratlar bilan kifoyalanishi mumkinligini, ammo vijdonan buni qabul qila olmaganini taʼkidlagan.

 

“Men bu jamoani chin dildan yaxshi ko‘raman, yurtimni qadrlayman. Shu sababli bu sirklarga qo‘shilishni istamadim”, — deydi u.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston terma jamoasiga italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro kelishi kutilayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика