1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 18-sentabr kuni Toshkent metropolitening “Olmazor” bekatida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan behayo harakatlar sodir etib, qidirilayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi.

Metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan shaxs ushlandi

 

 

Maʼlum qilinishicha, u ilgari Jinoyat kodeksining 166- (talonchilik), 169- (o‘g‘irlik) hamda 127-moddalarida (voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro K.Sh. ekanligi aniqlandi

 

 Taʼkidlanishicha, hozirda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tomonidan ushbu shaxsning harakatlarida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etish jinoyatining alomatlari mavjudligi tekshirilmoqda.

 

"Hurmatli fuqarolar, agar siz yoki yaqinlaringiz ushbu fotosuratda ko‘rsatilgan shaxsning harakatlaridan jabrlangan bo‘lsangiz, darhol 102 raqamiga yoki yaqin oradagi ichki ishlar organiga xabar berishingiz so‘raladi", — deyiladi xabarda.

 

      Eslatib o‘tamiz, avvalroq metroda 13 yoshli qizga tegajog‘lik qilgan erkak bo‘yicha surishtiruv ishlari boshlangani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика