1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti bilan uchrashdi

Uchrashuvda kambag‘allikka qarshi kurashish, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, transport infratuzilmasi kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyga davlat tashrifining ikkinchi kuni tadbirlari doirasida Sian shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Lisyunni qabul qildi.

 

O‘zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yana-da kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

 

Keyingi yillarda bank bilan munosabatlar jadal surʼatda rivojlanayotgani – investitsiyaviy va ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar portfeli 2 milliard dollardan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Uchrashuvda kambag‘allikka qarshi kurashish va aholi turmush darajasini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xususiy sektorni rivojlantirish borasidagi dasturlarni qo‘llab-quvvatlash va ilgari surish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

Yangi Sheriklik dasturini tez fursatda qabul qilish va yirik qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi taʼkidlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика