1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Mirziyoyev va Rahmon chegaradagi vaziyatni muhokama qildi

Muloqot, asosan, tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatning so‘nggi o‘zgarishlari haqida bo‘ldi.

Mirziyoyev va Rahmon chegaradagi vaziyatni muhokama qildi

 

Bugun, 20-sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati maʼlum qildi.



Maʼlum bo‘lishicha, suhbat chog‘ida davlat rahbarlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Sammiti yakunlarini muhokama qildilar. 

 

Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul va anʼanaviy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda davlat rahbarlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qaror va hujjatlarning mustahkam paketi qabul qilinganini yuqori baholadi.

 

Shu bilan birga, Tojikiston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga tojik-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatning so‘nggi o‘zgarishlari haqida ham maʼlumot berdi.



Tomonlar strategik sheriklik va ittifoqchilik doirasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlikka oid ayrim dolzarb masalalarni ham muhokama qildilar.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика