Bu haqda O‘zbekiston temir yo‘llari aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bu loyihaning amalga oshirilishi kelgusida mahsulotlar tannarxini bir necha barobarga arzonlashishiga hamda O‘zbekistonning tranzit salohiyatini yana-da yaxshilashga imkon beradi. Loyiha yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan ham faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Taʼkidlanishicha, loyiha to‘liq amalga oshirilishi bilan Pokistondan O‘zbekistonga yuklarni tashishga 35 kun emas, balki 3–5 kun yetarli bo‘ladi. Janubiy Osiyo bilan O‘rta Osiyoni bog‘laydigan yo‘lning ham iqtisodiy, ham xavfsizlik tomoni bor. Agar shu yo‘l amalga oshirilsa, afg‘on xalqining iqtisodi ham ko‘tariladi. Shu bilan birga, Eron, Pokiston portlariga yo‘l ochiladi. Bu yo‘llar orqali bitta konteyner yuki 3–4 barobar arzonlashsa, uni yetkazishga ketadigan vaqt 4–5 baravarga qisqaradi.
Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni Afg‘oniston, Pokiston va O‘zbekiston davlatlari o‘rtasida o‘tkazilgan uch tomonlama uchrashuvda temir yo‘l uzunligi 573 kilometr bo‘lishi, qurilish loyihasiga 4,8 milliard dollar kredit jalb qilinishi maʼlum bo‘lgan. Loyihani moliyashtirish uchun 3 davlat rahbarining qo‘shma murojaati asosida AQSH Xalqaro ta


