1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Muayyan yashash joyi yo‘q shaxslar reabilitatsiya markaziga joylashtiriladi

"Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida"gi kodeksga o‘zgartirish kiritildi.

Muayyan yashash joyi yo‘q shaxslar reabilitatsiya markaziga joylashtiriladi

 

«Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida»gi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish tartibi belgilandi. Buning uchun asoslar yetarli deb topilsa, IIO xodimlari jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlariga iltimosnoma yuboradi

 

Adliya vazirligi 16 dekabr kuni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga ish yuritish tartibi kiritish bo‘yicha qonun qabul qilinganini maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman, shahar sudlari muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni ko‘rib chiqadi.

 

Agar fuqaroni reabilitatsiya markaziga joylashtirish bo‘yicha asoslar aniqlansa, ichki ishlar organi bunday shaxsni ichki ishlar organiga kelgandan boshlab 48 soatda markazga 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muddatga joylashtirish to‘g‘risida sudga iltimosnoma yuborish uchun material tayyorlaydi.

 

Materiallar bunday shaxs aniqlangan yoki reabilitatsiya markazi joylashgan yerdagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga ichki ishlar organi tomonidan beriladi.

 

Iltimosnoma taqdim etilgan paytdan eʼtiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.

 

Mazkur tartib haqidagi qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика