Unga ko‘ra, Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinadi hamda mamlakatimizning bugungi taraqqiyot darajasi, yuksalish surʼatlariga munosib tarzda nishonlanadi.
Tashkiliy-amaliy, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda targ‘ibot-tashviqot ishlari "Bir bo‘lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkaziladi.
Mustaqillik bayrami Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahrida, shuningdek, barcha shahar hamda tumanlar, qishloq va ovullarda munosib nishonlanishi taʼminlanadi.
"Ona diyor — ranglar jilosida», "Vatan uchun yashaylik!", "Eng ulug‘, eng aziz" kabi anʼanaviy ko‘rik-tanlovlar yuqori darajada o‘tkaziladi.


