1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

U to‘yga borib, tog‘asining nevarasiga tegajog‘liq qilgan.

Namanganda 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 7 yoshli qiz o‘z qarindoshi bo‘lgan katta yoshli shaxs tomonidan zo‘rlandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, Kun.uz xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, 1987 yilda tug‘ilgan B.S. 2025 yil 14 oktyabr kuni tog‘asi J.M.ning yashash xonadoniga to‘y marosimiga borgan. U to‘yda tog‘asining 2018 yilda tug‘ilgan nevarasi I.K.ni voyaga yetmaganligidan foydalanib, aldagan holda chetga olib chiqqan. So‘ngra qizaloqning nomusiga tegib, voqea joyidan yashiringan.

 

Erkak 2 kunlik qidiruvdan so‘ng qo‘lga olingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman sudining 2025 yil 16 oktyabrdagi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

 

B.S. oldin ham nomusga tegish jinoyatini sodir qilib, sudlangani maʼlum bo‘ldi. Xususan, u JIB Namangan tuman sudining 2020 yil 26 fevraldagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Unga 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. JIB Chirchiq shahar sudining 2025 yil 19 fevraldagi ajrimi bilan B.S.ning o‘talmagan 5 yil 1 kun ozodlikdan mahrum qilish jazosi shu muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика