Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi “Shodlik” xususiy bog‘chasida ikki tarbiyachi bir bolani yig‘latib, jamoat oldida kechirim so‘rashga majburlagani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, tarbiyachi N.A. mashg‘ulot vaqtida bolaga nisbatan noo‘rin so‘zlar ishlatib, pedagog etikasiga zid xatti-harakat sodir etgan. Hozirda unga va ikkinchi tarbiyachiga nisbatan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Shuningdek, viloyat bo‘ylab maktabgacha taʼlim muassasalarida pedagoglarning axloqiy masʼuliyatini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilangan.


