1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak tungi klubdan topildi

Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Namanganda aliment to‘lashdan qochib yurgan erkak tungi klubdan topildi

 

Sud qarorida ko‘rsatilgan majburiyatni, yaʼni farzandi taʼminotidan bo‘yin tovlab, yashirinib yurgan yurgan D.I. tungi klubdan topildi. Bu haqda MIB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Uni turmush o‘rtog‘i qarmog‘ida qolgan 3 nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti o‘ylantirmagan. Natijada, qarzdorlik salkam 2021 yilning martidan 2024 yilning yanvar oyiga qadar 50 million so‘mdan ortdi.

 

Byuroning Namangan shahar bo‘limi tomonidan unga nisbatan qidiruv eʼlon qilingan edi. Kuni kecha ichki ishlar organlari xodimlari bilan olib borilgan tungi tadbir davomida qarzdor ota tungi klubdan topildi. Unga nisbatan maʼmuriy jazo qo‘llanildi. Sudning qaroriga asosan u 15 sutkalik qamoqni o‘tkazadigan bo‘ldi.

 

Umuman olganda, Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi qidiruv sho‘basi inspektorlari tomonidan 2023 yilning o‘zida jami 207 nafar qidiruvdagi shaxslar topilgan.

 

Olib borilgan profilaktik va tushuntirishlardan so‘ng 478 million so‘m qarzdorlik undirilishi taʼminlangan.

 

Hozirda esa 114 nafar shaxs qidirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика