Bugun, 3 mart kuni Namanganda Damas yonib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 12:26 da Namangan shaxar FVBga Yangi Namangan tumani “Ishonch” MFYda joylashgan avtomabillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasiga taʼmirlash uchun olib kelingan Damas rusumli avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida ko‘chadan o‘tib ketayotgan fuqarolar tomonidan xabar berilgan.
Yong‘inni ustaxona ishchilari va yon atrofdagi fuqarolar bilan bartaraf etilgan. Sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan qutqaruvchilarga xabar o‘z vaqtida bormagan va voqeada kuyib tan jarohati olganlar yo‘q.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


