1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlandi

Ular fuqarolarga yer maydonlarini noqonuniy ravishda xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Namanganda hokim yordamchisi va kadastr xodimi pora bilan ushlandi

 

Pop tumani hokimining mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida faoliyat yurituvchi yordamchisi 1988-yilda tug‘ilgan fuqaroga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 49 yil muddatga ajratilgan 30 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali noqonuniy ravishda xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Shuningdek, ushbu yerning 6 sotix qismida qurilgan uy-joy uchun kadastr hujjatlarini tayyorlab berish evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgan. Bu haqda DXX Zamon.uzga xabar berdi.

 

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida hokim yordamchisi oldindan kelishilgan 1000 AQSh dollarini 1990-yilda tug‘ilgan tanishi orqali olgan vaqtida ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “b” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, yana bir holatda Davlat kadastrlari palatasining Pop tumani filiali xodimi davlat zaxirasidagi 10 sotix yer maydoni va unda qurilgan uy-joyni mansabdor tanishlari orqali fuqaro nomiga xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 900 AQSh dollari va 4,8 million so‘m olgan vaqtida DXX, IIV va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

 

Mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика