Namangan viloyatidagi savdo majmualaridan biri Majburiy ijro byurosi tomonidan xatlandi.
Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro O.R. tomonidan bankdan olingan kredit o‘z vaqtida qaytarilmagan. Garchi mablag‘ ajratilgan bo‘lsa-da, qarzdor tomonidan shartnoma talablari bajarilmagan.
Sudning hal qiluv qaroriga asosan, Xalq banki foydasiga 935 million 805 ming so‘m undirish belgilangan. Qarzdorga qarzni ixtiyoriy tarzda to‘lash uchun belgilangan muddat berilgan. Ammo ushbu imkoniyatdan foydalanilmagan.
Natijada, qonun doirasida majburiy ijro harakatlari boshlanib, garovdagi savdo majmuasi xatlandi.


